
Saul Alvares va Terens Krouford jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum
Dunyo boks yulduzlari Saul "Kanelo" Alvares va Terens Kroufordning jamoalari o‘zaro jangni 2025 yilning sentyabrida o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda "The Ring" va "ESPN" xabar berdi.
To‘qnashuv AQSh ning Las-Vegas shahrida super o‘rta vazn toifasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, “Kanelo” kamarini may oyi boshida himoya qilishi kutilmoqda. Uning ushbu bahsdagi raqibi hali aniqlanmagan, biroq bu hozirda IBF kamari esohibi Uilyam Skull bo‘lishi mumkin.
Fikrlar