Saudiyaliklar “Barsa”ni qo‘lga olmoqchi

  • 13 noyabr, 2021, 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta klubni moliyaviy inqirozdan olib chiqa olmayapti. Ayni paytda kataloniyaliklarda tarkibni kuchaytirish uchun mablag‘ yo‘q. Bu jamoa o‘yini va natijalariga ta’sir  o‘tkazmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo ma’lumotlariga qaraganda, Saudiya Arabistoni kompaniyalaridan biri “Barselona”ga katta sarmoya kiritmoqchi. Ular klubning titul homiyligini qo‘lga kiritish uchun yiliga 100 million evro tikishni taklif qilyapti.

Hozircha, Joan Laporta arablarning taklifini qabul qilgani yo‘q. U boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqchi.

Arablarning “Barselona”ga qiziqayotgani bejiz emas, albatta. Chunki klubning hozirgi homiy – Rakuten kompaniyasi bilan hamkorligi 2022 yilda yakuniga etadi. “Barselona” amaldagi shartnoma bo‘yicha  Rakuten kompaniyasidan yiliga 30 million evro olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!