Saudiya klubi Yamal uchun misli ko‘rilmagan pul taklif qildi
Saudiyaning "Al-Hilol" klubi Kataloniyaning "Barselona" jamoasi hujumchisi Lamin Yamalni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
"Fichajes" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabiston klubi rahbariyati 18 yoshli futbolchini 400 million evroga sotib olishga tayyor. Agar bu bitim amalga oshsa, u futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ladi.
Ayni vaqtda Yamalning "Transfermarkt" portalida narxi 200 million evroga baholanmoqda. Lamining "ko‘k-anorlilar" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik hujumchi joriy mavsum "Barselona" safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar