
Saudiya klubi prezidenti Messini tanqid qildi
Saudiya Arabistonining "Al-Tai" klubi prezidanti Lionel Messini tanqid qildi.
"Men klubimga charchagan jahon darajasidagi futbolchini sotib olishni istamayman. Messining "Bavariya"ga qarshi o‘yinini barchamiz ko‘rdik", - dedi Turki Al-Dabaan" SBS telekanaliga bergan intervyusida.
"Al-Tai" Saudiya Arabistoni chempionatida 21 o‘yindan so‘ng peshqadam "Al-Attihod"dan 24 ochko ortda qolib, 8-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar