
Saudiya jamoalari Vinisiusni olish uchun aql bovar qilmas summa tayyorlamoqda
Saudiya Arabistoni klublari "Real Madrid" vingeri Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan qaytgani yo‘q. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi haligacha madridliklar bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan. Bu holat Saudiya Arabistoni ligasi klublarini yanada faollashtirgan.
Shu bilan birga, arablar hozirning o‘zida Vinisiusni sotib olishni maqsad qilmayapti. Ular bunday transferni keyingi 3 yil ichida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi klublar Vinisius Junior uchun jahon futbolidagi rekord darajadagi — 350 million evro miqdorida taklif berishga tayyor.
Fikrlar