
Saudiya chempionati. Bugun "Al-Nassr" peshqadamlikni mustahkamlab olishi mumkin
Bugun Saudiya Arabistoni chempionati 12-turi doirasidagi uchrashuvlar davom ettiriladi.
E’tiborlisi, Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Riyodliklarga "Al-Tai" jamoasi raqiblik qiladi. Xabarlarga qaraganda, legionerimiz qaydnomaga kiritilgan. Mazkur bahs kecha bo‘lib o‘tishi lozim edi, ammo noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirilgandi.
Bellashuv oldidan "Nassr" 26 ochko bilan turnir jadvali 1-pog‘onasida bormoqda. "Al-Tai" 18 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan.
Fikrlar