
Saudiya Arabistonida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar bilan tanishing
Portugaliya terma jamoasi va "An-Nassr"ning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida yiliga eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda "Al Sharq News" Bloomberg va Forbesga tayanib xabar berdi.
- Ronaldu yiliga 263 million evro maosh oladi, shundan 60 millioni reklamadan tushadi.
- Ikkinchi o‘rinni "Al-Hilol" hujumchisi Neymar 102 million, yiliga 74 million maosh va 28 million reklama shartnomalaridan tushgan daromad bilan egallab turibdi.
- Uchinchi o‘rinda "Al-Ittihod"da to‘p tepayotgan Karim Benzema – yiliga 96 million evro, shundan 92 millioni maosh, yana 4 millioni reklamadan tushadigan daromad.
- Kuchli to‘rtlikni "An-Nassr" vingeri Sadio Mane yakunlab berdi. U yiliga 48 million evro maosh oladi. Reklama shartnomalari esa 3,7 millionga yaqin daromad keltiradi.
Saudiya chempionatiga yozda kelgan futbolchilar orasida eng yuqori maosh Ivan Toniga to‘g‘ri keladi. "Al-Ahli" Angliyalik forvardga yiliga 23 million evro maosh to‘laydi.
Fikrlar