
Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Bu bahsni unutishimiz kerak"
Yaponiya U-23 hamda Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Saad al-Shahri uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu bahsni unutishimiz kerak. U tugadi. Biroq eng muhimi, og‘ir o‘yinda ochko olishga muvaffaq bo‘ldik.
Uchrashuvni boy bermadik. Hamon keyingi bosqich ostonasida turibmiz. Bu biz uchun juda yaxshi.
Futbolchilarimning bugungi holatidan qoniqmadim. Menimcha, ular o‘z darajasida to‘p tepmadi. Yigitlar yaxshiroq o‘ynay olardi, deb o‘ylayman.
Ilk turda 100 foiz kuchimiz bilan o‘ynagandik. Ammo Yaponiyaga qarshi unday bo‘lmadi. Ahamiyatlisi, biz bu bellashuvda gol o‘tkazib yubormadik. Umid qilamanki, BAAga qarshi yaxshiroq o‘yin ko‘rsatamiz", - dedi mutaxassis.
Fikrlar