
Saudiya Arabistoni klubi yana bir yulduzga super maosh taklif qilmoqda
Saudiya Arabistoni chempionati yana bir yulduz hujumchi bilan boyishi mumkin. "Mail Sport" nashri xabariga ko‘ra, "Al-Hilol" shartnomasi tugashiga bir yil qolgan "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morataning transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbada aytilishicha, “Al-Hilol” futbolchi uchun 26 million evro tovon puli to‘lashga tayyor. Boz ustiga, Morataning o‘ziga yiliga 47 million maosh bilan shartnoma taklif qilishgan.
Ilgari Alvaroga Italiyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirayotgan edi va hujumchi mo‘maygina "soqqa"li taklifga qaramay Saudiya Arabistoniga o‘tishga rozi bo‘lishi hozircha haqiqat emas.
Fikrlar