
Saudiya Arabistoni chempionati. "Al-Nassr" bugun "Nasaf"ning bo‘lajak raqibiga qarshi o‘ynaydi
Saudiya Arabistoni chempionati 13-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" jamoasi safarda "Al-Shabab"ni qabul qiladi. Shubhasiz, bu turning markaziy o‘yini hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rindagi jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Nasaf" OChL pley-off bosqichida aynan "Al-Shabab" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar