
"Satellite" turnirining birinchi kungi bahslari yakunlandi
"Satellite" turnirining ilk kunida bahslar yakunlandi.
Ma’lum qilganimizdek, bugun Toshkentda qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha “Satellite” xalqaro turniriga start berildi. Musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Afsuski, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shohsupaga ko‘tarila olmadi. Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani Muhammad Yusuf Asranov qayd etdi. U chorak finalgacha etib keldi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
1-o‘rin. Borna Spolyar (Xorvatiya)
2-o‘rin. Kamal Minnot (Buyuk Britaniya)
3-o‘rin. Remi Brunner (Shveytsariya)
3-o‘rin. Salim Xeroui (Jazoir)
Fikrlar