
"Sassuolo" futbolchisi: Orzuim "Roma"da o‘ynash edi
"Sassuolo" yarim himoyachisi Davide Frattezi "Roma"da o‘ynashni xohlashini aytdi.
“Mening orzuim yozda “Roma”ga o‘tish edi. Men bunga yaqin edim, lekin keyin kelishuv amalga oshmadi. Kelajakda top-klubga o‘tish uchun bor kuchimni ishga solaman", - deya Frattezining so‘zlarini keltiradi DAZN.
23 yoshli italiyalik “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2017 yilda Rim klubidan "Sassuolo"ga o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Frattezi "qora-yashillar" safida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar