
Sarri: Ronalduning jismoniy holati yaxshilanmoqda
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri "Udineze"ga qarshi o‘yindan oldin, ayrim futbolchilarning holati borasida gapirib o‘tdi.
"Bentankur va Duglas Kostada barchasi yaxshi. Ammo Duglas 20 kun dam oldi, Bentankur esa 3 kungina holos. Menda Kostaning o‘rnini bosa oladigan zahira nomzodlari ham bor.
Remzi tayyor emas. Uning tiklanish jarayoni yaxshi davom etmoqda. Ronaldu o‘z o‘ynagan barcha o‘yinlardan keyingi holati yaxshi darajada. Uning jismoniy tayyorgarligi yaxshilanib bormoqda. Raboga vaqt kerak," - dedi Sarri.
Fikrlar