Sarri o‘zi bilan urishgan darvozabonni olmoqchi

  • 13 oktabr, 2021, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Latsio” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoaning 40 yoshga yaqinlashgan asosiy darvozaboni Pepe Reyna o‘rniga “Chelsi”da zaxiraga o‘tirib qolgan Kepa Arrisabalagani olib kelmoqchi. 

Tecno

Ma’lumki, italiyalik mutaxassis “Chelsi”da ishlagan paytida Kepa bilan janjallashib qolgan. Lekin shunga qaramay, Sarri Arrisabalaga darajasidagi darvozabon “Latsio” uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

Aslida “Latsio” Kepani o‘tgan yozda transfer qilmoqchi edi. Rimliklar “Chelsi” mutasaddilari bilan transfer summasini kelisha olmadi. Keyinroq klub xo‘jayinlari boshqa darvozabon qidirganiga qaramay, Sarri darvozani faqat Kepaga topshirishni istamoqda.

Shu bois, “Latsio” kelasi yozda yana bir bor ispaniyalik iste’dodli darvozabonga og‘iz solib ko‘rmoqchi.

“Manchester Siti” bilan bo‘lgan o‘yindagi mojaroga qaramay, Mauritsio Sarri Kepani A Seriyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish uchun u bilan tez-tez xabarlashib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!