
Sarri "Napoli"dagi sobiq shogirdini "Yuventus"ga olib kelmoqchi
"Napoli" klubi forvardi Dris Mertens faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan “keksa sinora” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aytish kerakki, Mertens o‘z vaqtida “Napoli”da Sarri qo‘l ostida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, Mertensning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois “Napoli” uni joriy qishki transferlar davrida 10 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Mertensga shuningdek "Arsenal", "Evertona, "Inter" va "Roma" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Fikrlar