Sardor yozda Madrid grandi safiga o‘tishi mumkin

  • 18 aprel, 2020, 22:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi forvardi Sardor Azmun faoliyatini Madrid grandi safida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Corriere del Mezzogiorno nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli eronlik futbolchiga "Atletiko"dan qiziqishlar bo‘lmoqda. "Matraschilar" Sardorni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq o‘zlariniki qilib olishmoqchi.

Piterliklar esa uning transferini 35 million evroga baholashmoqda. Azmunga shuningdek APL va A Seriyadan ham xaridorlar bor.

Sardor Azmun joriy mavsum “Zenit” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!