Sardor Rashidov yangi jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Natija esa...

  • 2 avgust, 2022, 01:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar Yulduzlar ligasi chempionati boshlandi. Hamyurtimiz Sardor Rashidov yaqinda “Umm Salal” a’zosiga aylanganini bilasiz.

Tecno

1 avgust kuni dastlabki turda “Umm Salal” o‘z maydonida “Al-Ahli Doha” klubini qabul qildi. “Umm Salal” bosh murabbiyi Vesam Rizk Rashidovni kutilganidek asosiy tarkibda maydonga tushirdi.

Biroq legionerimizning yangi klubidagi debyuti omadli chiqmadi. 82-daqiqada Yazan Al-Naymat tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga muhim 3 ochkoni keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qatar Yulduzlar ligasidagi yana bir hamyurtimiz – Islom To‘xtaxo‘jaev “Al-Garafa”dagi debyut o‘yinini o‘tkazishi kutilmoqda. Raqib “Al-Sayliya” klubi. Ushbu bahsda To‘xtaxo‘jaev va uning jamoasiga omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!