Sardor Rashidov qaerda?

  • 15 dekabr, 2023, 14:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali futbolchi Sardor Rashidovsiz Superliga xuddi zerikarli bo‘lib qolgandek. Har holda tajribali yarim himoyachi o‘ynagan paytlarda chempionatda o‘z o‘rniga ega edi.

Tecno

Bilasiz, Rashidov joriy mavsumni “Paxtakor” klubida boshlagandi. Yozda esa u erkin agentga aylandi. Shundan beri futbolchini biror-bir klubda ko‘rganimiz yo‘q.

Xo‘sh, Sardor 2024 yilni qaysi klubda boshlaydi? Bu savol muxlislarni qiziqtirayotgani rost. Kuni kecha o‘zi bilan bog‘langanimizda hozir Dubayda shug‘ullanayotganini ma’lum qildi hamda variantlar kutayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Uni yangi mavsumda O‘zbekiston Superligasida yoki xorijda yana legioner sifatida ko‘rishimiz mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
15/12/2023 16:53
Ситидан..Бавария. Реалдан таклиф тушишини кутяпти.Сардор келади худо хохласа
&
Наманганец_
15/12/2023 15:04
Наманганлик мухдисларни дилини огритиб кеткан шу бола, каргиш тагида колган хали бери кукармайди, качон Наманган ахли кечирса кегин иши юришади
SIDDIQOV IZZATILLA
15/12/2023 14:59
Admin sardorni muhlisimisiz supper liga zerikarli bulib qoldi deysiz supper ligada sardorga ushagan erkaklik gururini yerga urib penalti ishlaydigan kupayib ketdi shunga zerikarli buldi
narkabilov suyun
15/12/2023 14:35
Сардорнинг уйини чикмаябди шунинг учун хеч бир команда таклиф килмаябди