
Sardor Rashidov "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi
Tajribali yarim himoyachi Sardor Rashidov “Paxtakor” mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgani xususida saytimiz orqali xabar bergandik. Lekin futbolchi klub bilan hali shartnoma imzolamagandi. Nihoyat, hammasi hal bo‘ldi.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Rashidov “Paxtakor” klubi bilan shartnomaga qo‘l qo‘ygan. Shunday qilib, Sardor yana O‘zbekiston chempionatiga qaytdi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, u bunga qadar o‘zimizning birinchilikda “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari sharafini himoya qilgandi. “Paxtakor” esa Sardor Rashidovning O‘zbekistondagi to‘rtinchi jamoasiga aylandi. Legioner sifatida esa “Al-Jayish” (Qatar), “Al-Jazira” (BAA), “Nasonal” (Portugaliya) va “Qatar SK” (Qatar) klublarida to‘p surgan.
Fikrlar