
Sardor faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Cittacelesta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli forvarda "Latsio" klubi qiziqish bildirmoqda. Rimliklar Uesli Moraesni qo‘lga kirita olmagach, yangi hujumchi izlashmoqda.
"Latsio" sport direktori Igli Tarening ro‘yxatidagi ilk futbolchi esa SPAL etakchisi Andrea Petanya bo‘lib turibdi. Mazkur ro‘yxatda eronlik hujumchi ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, Azmun 2019 yil avvalida "Rubin"dan "Zenit"ga o‘tgan edi. U piterliklar safida jami 12 bahsda maydonga tushdi va 9 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar