
Sardor Azmun: O‘zbekistonda doim ajoyib muxlislar bo‘lgan
O‘zbekiston va Eron jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng, mehmon jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Sardor Azmun o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
"O‘zbekiston doim qiyin raqib bo‘lib kelgan. Kuchli murabbiy va futbolchilarga ega. Biz ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Yangi murabbiy qo‘l ostidagi birinchi bahsda maydonga tushdik. Kelgusida yana ham yaxshiroq bo‘lishiga ishonamiz.
Stadiondagi atmosfera, maydon holati a’lo darajada. Muxlislar doimgidek top-darajali. O‘z terma jamoalari o‘rtasidagi bahslarda doim qo‘llab-quvvatlab turadi. Ular shu tempda davom etishi kerak. Inshaalloh, O‘zbekiston yaxshi jamoaga aylana oladi.
O‘yin u qadar qiyin o‘tdi, deya olmayman. Ha, 1 yil o‘tgach, mana endi terma jamoa safida o‘yin o‘tkazdik. Biroq hammasi joyida.
Terma jamoada doim boshqacha muhit hukmron. "Zenit"da ham o‘ziga yarasha. Ayniqsa, o‘tgan mavsumdagi chempionlikdan keyin", - dedi Azmun.
Fikrlar