Sanjar Tursunov: Janubiy Koreyadan ketayotganimda menga yana taklif bo‘ldi. Lekin...

  • 9 avgust, 2019, 22:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Legioner sifatida bir qator chempionatlarda to‘p surib tajriba to‘plagan yarim himoyachi Sanjar Tursunov yaqinda Janubiy Koreyadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng Tursunov qaysi jamoada to‘p surishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgandi. Keyin esa Sanjarning “Bunyodkor”da faoliyatini davom ettirishi borasidagi xabarlar haqiqatga aylandi. Futbolchi “Tedjon Sitizen”dan ketganidan keyin bir qator savollarimizga javob olish istagida u bilan suhbatlashish payida yurgandik. Kuni kecha Tursunov taklifimizga rozi bo‘lgan holda savollarimizga o‘z javoblarini bildirdi.

Tecno

- Janubiy Koreyadagi faoliyatingizni yakunlab Toshkentga qaytib keldingiz. “Tedjon Sitizen” klubi tark etishingizning asosiy sababi nima bilan bog‘liq edi?

- Jamoada murabbiy o‘zgargandi. Rahbariyat “Tedjon Sitizen”ga yangi bosh murabbiyni olib keldi. Har qanday mutaxassisning o‘ziga yarasha futbolga qarashlari bor. U ham klubga kelgach, boshqacha uslubni qo‘llay boshladi. Jamoada ish boshlaganidan keyin o‘sha murabbiyning mashg‘ulotlarida bir necha kun ishtirok etdik. Lekin qarasak, bir-birimizga to‘g‘ri kelmasligimiz ko‘rinib qolgandi. Uning o‘zi ham mening taktik uslublarimga to‘g‘ri kelmaysizlar dedi. Shu tariqa, biz “Tedjon Sitizen”dan ketishga qaror qildik.

- Koreyadagi faoliyatingiz o‘tgan yili boshlangandi. O‘shanda u erga o‘zgacha maqsad va rejalar bilan kelgandingiz. Endi ayting-chi, ushbu mamlakatda to‘p surib qanchalik o‘ylagan niyatlaringiz amalga oshdi?

- Aslida har bir mamlakat va har bir klub avvalo siz uchun yangi chaqiruv va yangi tajriba bo‘lib xizmat qiladi. O‘ylashimcha, bir qancha jihatlar bo‘yicha tajriba olish mumkin. Esimda, klubga borgan paytda kelasi yil uchun asosiy ligaga chiqish vazifasi qo‘yiladi deb aytishgandi. Ya’ni, ushbu mavsumni nazarda tutishgandi. Aslida o‘tgan yili ham biz Janubiy Koreyaning asosiy ligasiga chiqishimizga ozgina qolgandi. Lekin o‘shanda pley-off o‘yinida omadimiz chopmagandi. Shundan keyin maqsad yana jiddiy bo‘ladi deyishgandi. Biroq nimadir bo‘ldi-yu, klubning rejalari butunlay o‘zgrib ketdi. Negadir “Key” ligaga chiqish vazifasi kun tartibidan olib tashlandi. Men borgan paytda ham ularga jamoa bilan asosiy ligada to‘p surish niyatim borligini aytgandim. Aslida ularning niyatim ham shunday edi. Biroq...

sanjar

- Toshkentga qaytganingizdan so‘ng sizning qaysi jamoada to‘p surishingiz qiziqtirayotgandi. Nihoyat, endi hammasi oydinlashdi...

- Ha, hozirgi paytda men “Bunyodkor” jamoasi bilan shug‘ullanib yuribman. O‘ylashimcha, keyingi turda “Nasaf” bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok etsam kerak. Endi men “Bunyodkor” a’zosiman.

- Shuningdek, sizni yana legioner maqomi ostida boshqa chempionatda to‘p surishingiz mumkinligi haqida ham eshitgandik. Bu haqiqatga mos kelarmidi?

- Janubiy Koreyadan ketayotgan paytimda menga yana ushbu mamlakatda qolib faoliyatimni davom ettirish yuzasidan taklif bildirishgandi. Lekin o‘zim buni xohlamadim. Hali transfer oynasi uzun. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Balki o‘ylashimcha, “Bunyodkor” klubida qishgacha qolarman. Lekin futbolda doim kutilmagan yangiliklar bo‘lib turadi. Bir kunda hamma narsa o‘zgarib ketishi ham mumkin.

- Koreyada bir qator hamyurtlarimiz o‘ynab ketishdi. Siz ham u erda to‘p surib keldingiz. Nima deb o‘ylaysiz, futbolchi Janubiy Koreyada qanchalik darajada rivojlanishi mumkin?

- Janubiy Koreya bizdan ancha kuchli. Hattoki, birinchi divizioni ham chempionatimizdan kuchli. Nafaqat o‘yin jihatidan, balki mablag‘ tomondan, o‘yindagi tashkilotchilik va yana boshqa masalalar bo‘yicha ham ular bizdan ancha oldinda. Afsuski, oldinda.

tursunov6

- Mana, siz bir qator mamlakatlarda o‘ynadingiz va u erlardagi futbolga qaratilayotgan e’tibor, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib kelmoqdasiz. Shularni hisobga olganda, o‘zimizning chempionatda ko‘proq nimaga e’tibor qaratish kerak va qaysi yo‘nalishlarni kuchaytirish zarur deb hisoblaysiz?

- O‘zingiz ham ko‘rib turibsiz, futbolimizda katta o‘zgarishlar bo‘lyapti. Futbolning ichidagi insonlar ishlashyapti. O‘ylashimcha, endi futbolimiz pastdan yuqoriga qarab ko‘tarilishi kerak. Lekin men aynan nimanidir kuchaytirish kerak, shunda Koreyaga etib olamiz deb ayta olmayman. Bu ikki-uchta narsaga taalluqli emas, balki juda ko‘p jarayonni o‘z ichiga oladi. Nima bo‘lganda ham futbolimiz asta-sekin kuchayishga harakat qilishi kerak. Qatar ham yillar davomida sabr qilib keldi. Futbol uchun katta-katta pullar sarflandi. Mana, endi qilayotgan mehnatlarining mahsulini ko‘rishyapti. Qatar bejizga Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘lgani yo‘q. Har doim mehnat qilaverish lozim.

- Umuman olganda, chempionatimizda plyus va minus jihatlari haqida ayta olasizmi?

- Sizga to‘g‘risini aytsam, hali o‘zimizning chempionatning plyuslarini ham, minuslarini ham ko‘rmadim. Hali o‘zim bevosita chempionatda ishtirok etmayotganim uchun bu haqida biror nima deyishim qiyinroq. O‘ylaymanki, hammasini vaqt ko‘rsatadi.

tursunov7

- “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov siz haqingizda fikr bildirar ekan, u mening uslubimni yaxshi biladi. Bir-birimizni tushunishimizda muammo bo‘lmaydi deb aytgandi. Siz uchun ushbu mutaxassis bilan ishlash qanchalik qulay?

- Vadim Karlenovich bilan ishlashning qulay tomoniga kelsak, bilsangiz meni terma jamoaga birinchi bo‘lib u chaqirgan. Abramovni birinchi marta ko‘rib turayotganim yo‘q. Nimani xohlashi va nimani talab qilishini ham yaxshi bilaman. U to‘g‘ri aytgan, bir-birimizni tushunish borasida muammo yo‘q.

- Jamoa tarkibida aksariyati yoshlardan iborat. Tajribali o‘yinchilardan Murod Zuhurov, Anvar G‘ofurov va Lutfulla To‘raev bor edi. Mana, endi sizlar qo‘shildinglar. Mavsum boshida esa ko‘pchilik “Bunyodkor”ga ishonmagandi. Harqalay bu avvalgi “Bunyodkor” emas. Siz esa yangi jamoa bilan birga shug‘ullanyapsiz va yoshlarni ko‘ryapsiz. Fikringiz qanday?

- To‘g‘ri, klubda yoshlar ko‘p. Asosiysi, ularning harakati bor. Murabbiyning ko‘rsatmasiga quloq solib, to‘g‘ri yo‘nalishda ishlashda davom etishsa, “Bunyodkor” yanada xavfli jamoaga aylanadi. Klub kelasi yildan bundan-da kuchli jamoaga aylana oladi. Mana, hozirdanoq “Bunyodkor” sovrinli o‘rinlar uchun kurashishda faollik ko‘rsatyapti.

- Abramov bilan ishlashni boshlagach, siz uchun maqsadlaringiz qanday ko‘rinish olyapti?

- Har doim har xil maqsadlar bo‘ladi. “Bunyodkor” bilan yuqori o‘rinlardan birini qo‘lga kiritmoqchiman. Rahbariyat oldimizga qo‘ygan vazifani bajarish yo‘lida men ham o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. O‘rtamizda esa katta ishonch bor.

tursunov3

- Vadim Abramov tufayli sizning terma jamoadagi faoliyatingiz boshlangandi. Lekin oxirgi yillarda terma jamoamizdan uzilib qoldingiz. Ayniqsa, Samvel Babayan bosh murabbiy bo‘lib kelgach, deyarli chaqirilmadingiz va shu tariqa siz mtjdan chetda qoldingiz. Orada esa Ektor Kuper sizni bir bor o‘rtoqlik uchrashuviga chaqirdi...

- Rostini aytsam, u paytlarni eslagim kelmayapti. Chunki o‘shanda boshqacha vaziyat bo‘lgan. Shuning uchun ham bo‘lib o‘tgan ishlarni eslashni xohlamayapman. Qandaydir yoqimsiz holat bo‘lgandi.

- Abramov qo‘l ostida o‘ynagach, yana terma jamoaga qayta olishingizga ishonyapsizmi?

- O‘zbekiston uchun o‘ynashni har doim xohlayman. Chunki men uchun vatan tuyg‘usi juda qadrli. Qolaversa, chetda ko‘p yurganim bois vatanimni sog‘inaman va buning mohiyatini yaxshi tushunaman. Shu sababli ham menda vatanparvarlik tuyg‘usi kuchli. Meni istalgan paytda chaqirishsa, vatanim uchun yordam berishga hamisha tayyorman.

- Siz uchun Vadim Abramovning boshqa murabbiylardan farqli tomoni nimada?

- Insonlar ham har xil bo‘lishadi-ku. Shunday ekan, murabbiylar ham turlicha. Vadim Abramovning o‘z o‘yin uslubi bor. U jamoasining futbolchilarni bir-biriga aniq paslar uzatib o‘yin tashkil qilishini yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, chiroyli tarzda hujumkor futbol ko‘rsatishini sevadi. Ayniqsa, “Barselona”ning o‘yin uslubiga va Gvardiolaning taktikalariga yaqinroq deb o‘ylayman. Ko‘rib turganingizdek, hozirda “Bunyodkor”dagi yoshlar ham maza qilib futbol o‘ynashyapti. Chetdan qarasangiz ham murabbiy qanday taktikani qo‘llayotganini payqash mumkin.

sanjar2

- Oldin eshitgandim, Abramov terma jamoada ishlayotgan mahalda futbolchilarga 10-15 daqiqa davomida “Barselona”ning o‘yinini video orqali sizlarga ko‘rsatar ekan, shu rostmi?

- Ha, rost.

- Hozir ham shundaymi?

- “Bunyodkor”ga qo‘shilganimga bir hafta bo‘ldi. Ammo hali “Barselona”ning o‘yinlarini ko‘rganimiz yo‘q.

- Yaqinda jahon chempionati saralash bahslarining ikkinchi bosqichi boshlanadi...

- Hozir hamma futbol o‘ynashni biladi. Masalan, oldin 10 ta jamoa bo‘lsa, shundan yarmi bilan bemalol o‘ynardik va qolgani bilan qiynalardik. Endi esa har bir uchrashuv qiyin bo‘lib qolgan. Shuning uchun guruhdan chiqish ham osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi. Lekin guruhda 1-o‘rin bilan chiqishimiz shart deb o‘ylayman. Bu borada hammasi faqat o‘z qo‘limizda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фан
10/08/2019 08:41
Кореянинг пролига талабига жавоб бера олмаган уйинчи МТЖ да уйнаса-я, термамиз хам тамом булибдида.
ШухратБек Бек йигит булиб бир совол берингчи нима у/н Бунёдкор б/н келишув трансфер ойнаси расман ёпилиб булгандан сунг амалга оширилди.

Узи хохлаган клубдан таклифни кута-кута охири иложсизликдан Бунёдкор б/н келишувга эришилдими ёки бунга бошка сабаб булганмикан.
&
BBS UZB
10/08/2019 05:48
"Oldin 10 tani 5 tasini bemalol yutardik, endi hamma futbol o'ynashni biladi"... E, senlar bir joyda qotib qolgansanlar, joyni band qilib. Sen va senga o'xshaganlar o'zlaringga boshqa ish toplaring
&
Dima Muratov
10/08/2019 03:31
Sanjar NASAF ga kel zazirani kuchaytrasan.
Sobir Malilov
10/08/2019 01:52
senga otangning uyimi kelasan ketasan