Sanjar Rashidov "Dinamo" nimaning evaziga mag‘lub etilgani haqida gapirdi
Superliga 23-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin mezmonlar yarim himoyachisi Sanjar Rashidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bilardik og‘ir o‘yin bo‘lishini. Nimaga desangiz "Dinamo" jamoasi turnir jadvalida so‘nggi pog‘onasida bormoqda. Shu bois Samarqandliklarning borini berib o‘ynashlarini taxmin qilish qiyin emasdi.
Birinchi bo‘limda harakatlarimiz ozgina o‘xshamadi, ikkinchi taym oldidan murabbiyimizni kerakli tavsiyalarini olib tavsiyalar asosida xarakat qildik. Amadimiz keldi, g‘alaba qozondik. Muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman, g‘alaba qozonishimzda ularning ham katta hissalari bor, - dedi Sanjar Rashidov.



Fikrlar