
Sanjar Fayziev finalda to‘xtadi
Yaqindagina Turkiya kortlarida o‘tkazilgan "ITF Turkey F12" turnirida chempion bo‘lgan Sanjar Fayziev endi "F13" musobaqasida qatnashdi.
Yakkalikning hal qiluvchi bellashuvida janubiy koreyalik Xon Son Chxenga qarshi kortga chiqqan hamyurtimiz ikki setda imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob: 6:1, 6:3, Chxen foydasiga.
Xuddi shu turnirning juftlik bahslarida gretsiyalik Markos Kalovenolis bilan tandem hosil qilgan Fayziev chorak finalda to‘xtashga majbur bo‘ldi. Germaniyalik tennischilar Benjamin Xassan hamda Konstantin Shmitsga qarshi kechgan o‘yinda Fayziev - Kalovenolis tanjemi 1:6, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar