Sane va "Bavariya" o‘rtasidagi shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

  • 2 iyul, 2020, 21:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" vingeri Leroy Sane "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Tecno

24 yoshli germaniyalik futbolchi yangi klubi bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Ushbu ma’lumotni Bild jurnalisti Kristian Falk ham tasdiqladi.

Oldinroq, "Bavariya" xavbek uchun "Manchester Siti"ga umumiy miqdorda 60 million evro to‘lashi ma’lum bo‘lgan edi. Sanening o‘zi esa yiliga 17 million evro ishlab topadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!