Sane tez orada "Bavariya"ga o‘tishi mumkin

  • 1 noyabr, 2019, 20:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi vingeri Leroy Sane tez orada "Bavariya" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi 23 yoshli germaniyalik futbolchini imkon qadar tezroq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Aytish kerakki, “Bavariya” Saneni yozgi transferlar davridayoq sotib olishi mumkin edi. Biroq, futbolchining kutilmaganda jiddiy jarohat olishi myunxenliklarni o‘ylantirib qo‘ydi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra Sane kelgusi yilning mart oyidan boshlab maydonga qaytishi mumkin.

O‘z navbatida “Manchester Siti” ham mavsum yakunlangach Saneni 98,7 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!