Sane nega APLga qaytmoqchi?

  • 7 sentabr, 2021, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Talksport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Bavariya" muxlislari Bundesliganing 2-turidan o‘rin olgan "Kyoln"ga qarshi o‘yinda futbolchiga nisbatan hushtakbozlik qilishgan. Shu sababli Sane yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi a’zosiga "Arsenal", "Tottenxem" va "Chelsi" klublaridan takliflar bor. Biroq ular orasida “aristokratlar” favorit sifatida e’tirof etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sane uchun APL begona emas. U 2016-2020 yillarda "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!