
Sanches: "U super engil vaznda shubhasiz qirol!"
Mashhur amerikalik murabbiy Abel Sanches ayni damda kimni super engil vazndagi eng yaxshi jangchi deb bilishini aytdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu Puerto-Riko vakili IBF chempioni Subriel Matias (20-1, 20 KO).
“Men Matiasdan juda hayratdaman. U o‘ziga xos uslubda kurashadi. Raqibga hujumga o‘tishdan oldin uning charchashiga yo‘l qo‘yib berishingiz kerak. Mattias esa xuddi shunday qiladi. U raqiblari charchashini kutadi. Bundan tashqari,uning maxsus kuchli zarbalari ham bor. Matias shubhasiz, super engil vazn (63,5 kg) vazn toifasi qiroli”, - dedi Sanches You Tube dagi Fight Xub TV kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Matias IBF chempionlik kamari uchun jangda Shohjaxon Ergashevni mag‘lub etgandi.
Fikrlar