
Sanches Italiyada bir necha oy ushlanib qolishi mumkin
Milanning "Inter" klubi "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan hujumchisi Aleksis Sanchesning ijara muddatini yana uzaytirmoqchi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, chililik futbolchining ijara muddati iyun oyida o‘z nihoyasiga etadi, ammo mavsum yakunlanishi ortga cho‘zilgani bois “neradzurrilar” uni avgust oxirigacha tarkibda saqlab qolishmoqchi va ijara muddatini yana bir necha oyga cho‘zdirmoqchi.
31 yoshli Sanches “Inter” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar