Sanches "Inter"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga etib keldi

  • 28 avgust, 2019, 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi forvardi Aleksis Sanches “Inter” bilan shartnoma imzolash uchun Milan shahriga uchib keldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli chililik futbolchi tez orada “neradzurrilar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va ular bilan shartnoma imzolaydi. U “Inter”da ijarada o‘ynashi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sanches o‘tgan mavsum MYu safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushgan va 2ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Inter" "qizil iblislar"ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukakuni ham o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!