Sanabriya Messiga tupirganini tan olmadi

  • 13 oktabr, 2023, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri uchinchi turi doirasida Argentina va Paragvay o‘yinida kutilmagan vaziyat yuz berdi.

Tecno

Uchrashuvda ikki jamoa etakchilari – Lionel Messi va Antonio Sanabriya o‘zaro tortishib qoldi. Keyin ommaviy axborot vositalari paragvaylik futbolchining Messiga tupirgani haqida yoza boshladi.

Sanabriya bu holatga izoh berdi.

- Men suratlarni ko‘rdim. Haqiqatan men Messiga tupirganek ko‘rinish berib turibdi. Lekin bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘sha holatda Messi uzoqda edi, unga hech narsa qilgani yo‘q. Rasmda xuddi men unga tupirganimdek chiqib qolgan. Men Leoga tupirganimni inkor qilaman, - dedi Antonio Sanabriya.

Qizig‘i shundaki, har ikki futbolchi “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisihisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!