
Samvel Babayan: "Paxtakor"ga omad tilayman
"Birinchi navbatda "Paxtakor"ni keyingi bosqichga chiqqan bilan tabriklayman. Ularga musobaqada omad tilayman.
Bugun yosh futbolchilarga imkoniyat berdik va ularga jangovar ruh etishmadi. Shunday bo‘lsada, yomon o‘ynamadik va buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ayni vaqtda "Lokomotiv" Yoshlar ligasida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsada, o‘smirlar, yoshlar va olimpiya termalarida to‘p suradigan futbolchilarimiz yo‘q va bu narsa bizni qoniqtirmayapti.
Yigitlarga dam olish imkonini berdik. Terma jamoada o‘ynaydigan futbolchilar yarim yildan buyon ta’tilga chiqishmagan edi va shifokorlar bilan maslahatlashgan holda ularga dam olish imkonini berishga qaror qildik. "Lokomotiv" o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan jamoa sanaladi va tarkibda sog‘loim raqobatni yuzaga keltirishga harakat qilamiz.
"Lokomotiv"ning falsafasi o‘zgargan. Yuqorida ham aytganimdek bizning birorta futbolchimiz yoshlar termasiga jalb etilmayapti va bu juda yomon", - dedi Babayan.
Fikrlar