Samvel Babayan: "Bunday futbol o‘zbek futboli rivojiga turtki beradi"

  • 3 sentabr, 2022, 00:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan “Paxtakor”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

Tecno

- Hammaga salom. Birinchi navbatda barchani Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Hammaga sog‘lik-salomatlik va baxt tilayman. G‘alabamizni Buyuk mustaqilligimiz bayramiga bag‘ishlayman. O‘yinga kelsak, bitta jamoaga qarshi ketma-ket ikki marta o‘ynash qiyin. Umuman, obektiv baho beradigan bo‘lsak, birinchi uchrashuvda ham bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Darvozani ishg‘ol qilish uchun ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Aynan g‘alaba uchun vaziyatlarimiz etarli bo‘lgan. Bugun esa yigitlar 3-4 marta juda qulay imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin edi. Ayniqsa, uchrashuv tugashiga oz fursat qolganida ham hisobni o‘z tomonimizga og‘dirishimiz uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik.

Shunga qaramay, ikkala jamoa ham bir-biriga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi va munosib jamoalar to‘qnashuvi bo‘ldi. Juda sifatli o‘yin ko‘rsatdik. Bunday futbol O‘zbekiston futboli rivojiga turtki beradi. Mana shunday o‘yinlar qancha ko‘p bo‘lsa, yoshlarimiz shuncha sifatli bo‘lib o‘sib boraveradilar. Shuningdek, o‘z ishlarini sifatli bajargan holda milliy terma jamoaga ham chaqiriladilar.

Bugun terma jamoaning ko‘plab a’zolari maydonda harakatlanishdi. Shu bilan kimning qanday formada ekanligini ko‘rib olishga yaxshi imkoniyat tug‘ildi. Umuman olganda, mavsum avvalida aytilganidek, asosiy maqsadimiz klub brendini yanada rivojlantirish va an’analarni tiklashdan iborat. Klubning shonli tarixini qaytarmoqchimiz. Bu yo‘lda juda ko‘p ishlar olib borildi va natijalarini ko‘rib turibmiz. Men buni bugungi o‘yindan yoki turnir jadvalidan kelib chiqqan holda gapirmayapman. “Navbahor”ga qanchadan-qancha yosh o‘yinchilarning qo‘shilayotgani haqida gapiryapman. Bu yuqori natija. Ular klub tizimida shakllanadi. Haqiqiy vatanparvar bo‘lib etishadigan yigitlar. To‘g‘ri, tarbiyali bo‘lib voyaga etadilar.

Bizning vazifamiz terma jamoalarimizga munosib o‘yinchilarni etkazib berishdan iborat. Ammo bu birgina bizga tegishli emas, barcha klublar mas’uldir. Albatta, terma jamoaga qaysi futbolchilarni taklif qilish bu avvalo murabbiyga bog‘liq. Jamshid Iskanderov esa terma jamoa darajasidagi o‘yinchi. Aytaylik, uni Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov yoki Otabek Shukurovdan kam joyi yo‘q.

Bundan tashqari, bizning muvaffaqiyatlarimizga o‘z hissasini qo‘shayotgan inson haqida ham gapirmasam bo‘lmaydi. Viloyat hokimi har doim bizni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, jamoa a’zolari bilan muloqotga kirishyapti. Jamoaning rivojlanishida o‘rni juda katta. Biz albatta o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deydi Babayan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
04/09/2022 12:35
Шунака уйин Билан терма жамоани расво киливди хоин Бабаян
&
Muhiddin
03/09/2022 22:33
Максдан ўлса ўлиги ортиқ экан Бабаянни
Шухрат Хусаинов
03/09/2022 13:01
Пахтакор дан кочган кутган уйинчиларни йигавер бабаян
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/09/2022 02:04
Navbahorga muhlislik qildim. Lekin bunoqa fudbolni agar fudbol deyishsa. ochigi Babayan. boshqa dunyodan kelgan ekan. buni anti fudbol deyishsa. kerak. maydonga fudbol bulmadiki tugri Pahtakor uynashka harakat qildi. lekin. har safar Navbahor uyin retimini. yotish bilan buzdiki. Babayan shunchaki uylagan reja ish berdi desaz yahshi bulardi. lekin bu fudbol bilan revojlanish qiyin. Navbahor uchun hursandman. chunki Fenalga Nasafka qarshi uynashini hohlayman.