Samarqand uch kun ichida bir necha xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

  • 30 may, 2023, 09:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

2023 yil 9-10-11 iyun kunlari Samarqand shahrida bir qator xalqaro triatlon musobaqalari bo‘lib o‘tadi

Tecno

9 iyun kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor «Para-triatlon bo‘yicha Samarqand – 2023 Osiyo chempionati» bo‘lib o‘tadi. Dunyo davlatlaridan 80 ta para-sportchi ishtiroki rejalashtirilgan, qatnashchilar 9 ta toifada qatnashadi: jismoniy nuqsonlari va ko‘rish qobiliyati buzilgan sportchilar. Para-sportchilar SPRINT masofasida (750 m suzish, 20 km velosipedda harakatlanish, 5 km yugurish) buyicha o‘zaro raqobatlashadi.

10 iyun kuni «Samarqand – 2023 Osiyo triatlon Kubogi» bo‘lib o‘tadi, dunyoning eng yaxshi sportchilari: 50 nafar ayol va 50 nafar erkak ishtirok etadi. Elita sportchilari STANDART/Olimpiya masofasida (1500 metrga suzish, 40 km velosipedda haratkanish, 10 km yugurish) buyicha bellashadi.

Shu kuni Osiyo Kubogi doirasida Markaziy Osiyo sportchilari o‘rtasida (CATA – Central Asia triatlon Association) alohida musobaqa va taqdirlash ma’rosimi bo‘lib o‘tadi.

11 iyun kuni «Samarqand – 2023, triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati» bo‘lib o‘tadi, unda STANDART va SUPER SPRINT masofalarida Elite, U23, 15-17 yoshlar va 16-19 yoshli o‘smirlar o‘rtasida triatlon bo‘yicha milliy va yoshlar terma jamoasiga saralash o‘tkaziladi.

Shuningdek, shu kuni shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda professionallar toifasiga kirmagan, 300 nafar havaskor triatlonchilar ishtirok etadi. Ushbu musobaka ikki masofada o‘tkaziladi: Olimpiya (1500m suzish, 40 km velosipedda harakatlanish, 10 km yugurish) va Super-sprint (350 m suzish, 13 km velosipedda harakatlanish, 3 km yugurish).

Musobaqa Samarqand eshkak eshish kanali hududida, Ipak yo‘li Samarqand sayyohlik majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!