
Saloh o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga qanday xayriya ko‘rsatdi?
“Liverpul” klubi va Misr terma jamoasi forvardi Muhammad Saloh o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nagrig qishlog‘iga yordam qo‘lini cho‘zdi.
Egypt Independent nashrining yozishicha, Saloh koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan oilalarga tonnalab oziq-ovqat va yangi to‘plar topshirgan. Bundan tashqari, futbolchining otasi Nagrig qishlog‘i dezinfektsiya qilingani va odamlarga bepul niqob tarqatilganini ham aytgan.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi kungacha Er yuzida 2,3 million inson Covid-19 ga chalingan.
Fikrlar