Salohning keyingi manzili “Real”, “Barsa” yoki “Bavariya”!

  • 9 dekabr, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” jamoada Muhammad Saloh bilan yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etishning turli yo‘llarini qidirmoqda.

Tecno

Indykaila News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati 33 yoshli futbolchini yanvar oyidayoq sotib yuborishga tayyor.

Muhammad Saloh uchun barcha variantlar ochiq. 33 yoshli yulduz “Barselona”, “Real” yoki “Bavariya”dan taklif oladigan bo‘lsa, mersisaydliklar hujumchining ketishiga qarshilik qilmaydi.

Biroq “Liverpul” vaziyatdan maksimal foyda bilan chiqmoqchi va bu borada ular Saudiya Arabistonidan bo‘ladigan takliflarni kutyapti.

Ayni paytda misrlik to‘purar jamoadan chetlatilgan. U Evropa Chempionlar ligasida “Inter”ga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!