Salohni yozda Olimpiadaga olib ketishmoqchi

  • 2 mart, 2021, 22:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr futbol federatsiyasi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni Tokioda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga olib ketish fikridan qaytmayapti.

Tecno

Aytish kerakki, Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etadi. Ammo qoidaga ko‘ra terma jamoalar o‘z safini 3 nafar yoshi katta bo‘lgan futbolchilar bilan kuchaytirishi mumkin.

“Saloh hozirgi paytda dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Uning Misr Olimpiya terma jamoasiga chaqirilishi esa odatiy holdir. Biz mart oyida bo‘ladigan FIFA kunlaridan so‘ng “Liverpul” bilan bu borada muzokaralar boshlaymiz”, - dedi Misr Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!