Salohni tarkibdan yo‘qot!
“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann bosh murabbiy Arne Slot jamoadagi i lavozimini saqlab qolish uchun uni etakchi hujumchi Muhammad Salohdan voz kechishga chaqirdi.
Yaqinda Chempionlar Ligasida PSVdan 1:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyat Saloh o‘zini ko‘rsata olmagan navbatdagi o‘yin bo‘ldi. Muhammad hujumda foyda keltirmay qo‘ydi, shuningdek, ko‘pchilik 33 yoshli misrlik to‘purarni himoyaga etarli darajada yordam bermayotganini ta’kidlamoqda.
Xamannning fikricha, hozirda Slotning ishi xavf ostida va agar Arne ishdan bo‘shatilishini istamasa, Salohga nisbatan qat’iy munosabatda bo‘lishi kerak.
- Bosh murabbiy sifatida sen bu qarorni qabul qilishing kerak. Lekin o‘yinchilarni, hatto katta futbolchilarni ham tarkibdan olib tashlash shart bo‘lgan vaqt keldi.
Menimcha, Saloh birinchi navbatda tarkibdan chiqariladiganlardan biri. Slot Salohni o‘ynatishda davom etib, ishdan bo‘shab ketishni tanlaydimi yoki undan voz kechib, o‘rnini saqlab qolishnimi?
Bu murabbiy zudlik bilan qabul qilishi kerak bo‘lgan qaror. Muhammad Saloh PSV ikkinchi golini urgan paytda nima qildi? Slot uni darhol maydondan olishi kerak edi.
Salohning xatti-harakati sharmandali bo‘ldi. Buni aytish menga og‘ir. U so‘nggi etti yoki sakkiz yil davomida jamoani elkasida ko‘tarib kelgan yigit edi. Ammo u muhim pallada raqibni o‘zidan osonlikcha o‘tkazib yuborishi va jamoaga yordam berish uchun hech narsa qilmasligi hazm qilib bo‘lmaydi, - dedi Ditmar Xamann.



Fikrlar