Salohga kelgan 150 million evrolik maosh taklifi “Liverpul”ni xavotirga solib qo‘ydi
Muhammad Saloh hozirda “Liverpul”dagi faoliyatining eng hal qiluvchi bosqichlaridan birida turibdi. Angliya chempionlari misrlik futbolchiga yuborilgan 150 million evrolik yillik maosh taklifidan keyin xavotirga tushib qoldi.
Klub rahbariyati Muhammad Salohni jamoaning o‘zagini tashkil qiladigan o‘yinchilar biri sifatida qadrlaydi. Ammo tashqaridan kelayotgan yuqori daromadli taklif vaziyatni o‘zgarib yuborishi mumkinligi ekspertlar tomonidan juda ko‘p ta’kidlanyapti.
Saloh “Liverpul” uchun shunchaki gol urayotgan hujumchi emas. U klubning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlarining ramzi, uning ambitsiyalari va hujum uslubining yuragi hisoblanadi.
Uning ketishi jamoa uchun texnik va tijorat jihatdan katta yo‘qotish bo‘ladi. Shu sababdan klub bu masalani juda ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqmoqda.
Salohni saqlab qolish uchun klub nafaqat raqib takliflariga javob berishi, balki misrlik to‘purarga jamoadagi roli va kelajak istiqbolini kafolatlashi kerak bo‘ladi.



Fikrlar