
Saloh yangi shartnoma ko‘ra, qancha maosh oladi?
Muhammad Saloh "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzoladi va mersisaydliklar safida yana ikki mavsum qoladi.
"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, misrlik hujumchi yangi kelishuvni avvalgi shartlar asosida qabul qilgan — yiliga 20 million funt (ya’ni haftasiga taxminan 400 ming funt) maosh oladi. Ushbu summaga bonuslar uchun to‘lovlar ham kiradi — masalan, agar u mavsumda kamida 20 ta gol ursa, qo‘shimcha mukofot oladi..
Saloh 2017 yildan beri "Liverpul" safida to‘p surmoqda va shu vaqt mobaynida klub bilan 7 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, APL va Chempionlar ligasini.
Joriy mavsumda u APL doirasida 31 ta o‘yinda 27 ta gol va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar