Saloh: "Yangi jamoadoshlarim bilan aloqalarni mustahkamlashga harakat qilaman"

  • 4 sentabr, 09:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh jamoaning yozgi transferlar oynasida qo‘shilgan yangi a’zolari haqida fikr bildirdi.

"Qizillar" bir yo‘la ikkita qimmatbaho hujumchi - Ugo Ekitike va Aleksander Isakni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shuningdek, jamoa safini boshqa ko‘plab futbolchilar, jumladan, hujumkor yarim himoyachi Florian Virtts ham to‘ldirdi.

- Men hali Ugo va Aleksander bilan o‘zaro hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishim kerak. Biz mashg‘ulotlarda aloqalarni mustahkamlashga harakat qilamiz, videolar ko‘ramiz.

Murabbiy bizga qanday harakatlanishni ko‘rsatmoqda. Tez orada yangi o‘yinchilar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligini tushunib etaman va bu mening o‘z o‘yinimni yaxshilashimga yordam beradi, - dedi Saloh.

"Liverpul" uch turdan so‘ng to‘qqiz ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!