Saloh yana bir afsonani ortda qoldirdi

  • 14 sentabr, 21:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" 4-turda "Byornli" mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga hujumchi Muhammad Saloh mualliflik qildi, u ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda penaltini aniq amalga oshirdi.

Tecno

Endilikda Salohning Angliya Premer-ligasidagi gollari soni 188 taga etdi. Misrlik futbolchi Endi Koulni (187 ta gol) ortda qoldirdi va endi APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yakka o‘zi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Salohdan yuqorida Ueyn Runi (208 gol), Harri Keyn (213) va Alan Shirer (260) joy olgan.

E’tiborlisi, APL 1992 yilda tashkil etilgan. "Liverpul" Angliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa mavsumning o‘tgan to‘rtta o‘yinida ham g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!