
Saloh: "Uni men bilan solishtirib bo‘lmaydi"
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh terma jamoadoshi Umar Marmush haqida fikr bildirdi.
"Umar juda ham iqtidorli futbolchi. U terma jamoamizning liderlaridan biri. Umid qilamanki, uni men bilan solishtirishmaydi. Chunki bu unga bosim bo‘ladi. Uni yangi Saloh deb atamaslik kerak. Unga faoliyatida omad tilayman",-dedi misrlik futbolchi.
Joriy mavsum Bundesligada Marmush 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 25 yoshli hujumchi 11 ta gol va 7 ta assist qayt etdi.
Fikrlar