Saloh uchun kurashda kutilmagan jamoa favoritga aylandi

  • 18 yanvar, 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasidagi faoliyatini yakunlab, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

32 yoshli hujumchi hali liverpulliklarning yangi shartnomasini qabul qilgani yo‘q. Bu tarafdan Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi mashhur futbolchini mamlakat professional ligasiga olib kelishga harakat qilyapti.

Ushbu fondga tegishli “Al-Ittihod”, “Al-Hilol”, “An-Nasr” v “Al-Ahli” Muhammad Saloh o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi aytilmoqda.

Biroq “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard boshqarayotgan “Al-Ittifoq” Saloh uchun kurashda favoritga aylandi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar tarqatdi.

Aynan Stiven Jerrardning “Liverpul”da o‘ynagani Muhammad Salohning “Al-Ittifoq”ni tanlashida muhim omil bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!