
Saloh tarixiy rekord o‘rnatdi
Angliya Premer-ligasi 32-turida “Liverpul” va “Vest Xem” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvning 18-daqiqasida hisob ochildi — gol muallifi Luis Dias bo‘ldi. Golga assistni yaqinda shartnomasini yana ikki yilga uzaytirgan yulduz futbolchi Muhammad Saloh amalga oshirdi.
Shu tariqa, Saloh APL tarixida bir mavsumda eng ko‘p golli harakat (gol+pas) amalga oshirgan futbolchiga aylandi. Joriy mavsumda uning hisobida Angliya chempionatida 45 golli harakat bor — 27 ta gol va 18 ta assist.
Bu ko‘rsatkich bilan u Terri Anri (2002/2003) va Erling Holand (2022/2023)ning 44 tadan iborat rekordini ortda qoldirdi.
Fikrlar