Saloh Saudiya Arabistoni klublariga ketadimi?

  • 4 dekabr, 13:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh jamoani tark etishga tobora yaqinlashmoqda. Futbolchi kelasi yozda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin.

Tecno

Salohni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlar sifatida "Al-Hilol" va "Al-Qadisiya" klublari qayd etilmoqda. Futbolchining Saudiya Arabistonidagi ehtimoliy shartnomasi summasi oshkor qilinmagan.

Avvalroq OAV xabar berishicha, mersisaydliklar misrlik vingerga o‘rinbosar izlashni bosqichma-bosqich boshlagan. Angliya klubi hozirning o‘zida bir nechta ehtimoliy nomzodlarga ega.

Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum "qizillar" safida 19 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!