
Saloh o‘zining sevimli futbolchisi kimligini aytdi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh o‘zining sevimli futbolchisi haqida gapirdi. Misrlik futbolchi jamoaning sobiq sardori va yarim himoyachisi Stiven Jerrardni alohida ta’kidladi.
"Men futbol simulyatorlarida doim Jerrard uchun o‘ynardim. Bu mening jamoamga har doim qo‘shgan yagona futbolchim edi. U uzoq masofadan ajoyib zarbalar yo‘llardi va chiroyli gollar urardi. Men u bilan bir necha bor uchrashganman. U ajoyib va buyuk futbolchi", – deb Salohning so‘zlarini keltirdi CNN.
Misrlik yulduzning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakunlanadi. Hozirgi mavsumda hujumchi 39 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol va 22 ta golli uzatma bilan jamoasiga hissa qo‘shdi.
Fikrlar