
Saloh: “Men EChLdan ko‘ra, Angliya Premer-ligasini afzal ko‘raman”
“Liverpul” yulduzi Muhammad Saloh “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsdan avval o‘zining kelajagi haqida gapirdi.
“Men shu kungacha Evropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istar edim. Biroq, bu mavsum ko‘proq Angliya Premer-ligasida zafar quchishni xohlamoqdaman. Bunga asosiy sabab sifatida aytishim mumkinki, joriy mavsum mening mersesaydliklar tarkibidagi so‘nggisi hisoblanadi. Shu sababli, muhlislarga va jamoadoshlarimga xursandchilik ulashish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman” – dedi misrlik hujumchi.
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli futbolchi 2017 yilning yozida "Roma" klubidan 42 million evro evaziga "Liverpul" safiga kelib qo‘shilgan edi. Bu payt mobaynida Muhammad 375 ta o‘yinda ishtirok etib, 231 ta gol va 105 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar