Saloh: "Mane bilan munosabatlarimizda murosalar bo‘lgan, ammo har doim professional qoldik"

  • 11 may, 13:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Sadio Mane bilan munosabatlari haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Ularning o‘zaro raqobati jamoa ichidagi mojarolarga sabab bo‘lgani haqidagi gaplarga u quyidagicha javob berdi:

Tecno

— Ha, men bilan Sadio orasida taranglik bor edi. Lekin, shuni ta’kidlashni istaymanki, biz oxirigacha professional bo‘lib qoldik. Menimcha, bu jamoaga ta’sir qilmadi. Kattaroq natijalarni xohlash — bu tabiiy. U jangchi.

Maydon tashqarisida u bilan juda yaqin do‘st emasdik, lekin har doim bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘ldik. Menga farqi yo‘q, odamlar istaganini o‘ylashi mumkin.

Biroq, men shunga e’tibor berishlarini xohlardim: aynan men Sadioga eng ko‘p golli pas berganman. Faktlar bor, lekin odamlar go‘zal sarlavhalarni yoqtiradi. Men bu tizim qanday ishlashini yaxshi bilaman.

Hamma narsa hurmat doirasida qolsa — men roziman. Lekin bu gaplar haqiqat degani emas. Oxir-oqibat, men o‘z qilgan ishimni bilaman. Vijdonim tiniq, — deya ta’rif berib o‘tdi misrlik yulduz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!