Saloh "Liverpul" bilan xayrlashmoqda. Futbolchi "Lids"ga qarshi o‘yindan so‘ng "portladi!"

  • 7 dekabr, 02:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Lids"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng nega zaxirada qolayotganini, murabbiy bilan munosabatlari hamda klubdagi kelajagiga oydinlik kiritib, o‘z fikrlarini bildirdi. 
 
"Ishtiyoqim yo‘qoldi, juda ham hafsalam pir bo‘lgan. Men bu klub uchun juda ko‘p ish qildim. Yillar davomida buni hamma ko‘rdi, ayniqsa o‘tgan mavsum. Nega zaxirada o‘tirayotganimni tushuna olmayapman. Nega bunday bo‘layotganini bilmayman. O‘zimni klubning muammosiga aylanganimni his qilyapman. 
 
Bir necha bor aytganman — murabbiy bilan munosabatlarimiz yaxshi edi, lekin birdaniga bu munosabatlar yo‘q bo‘lib qoldi. Nega bunday bo‘lganini bilmayman. 
 
Ochig‘ini aytsam, bu men uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Nega doim men bilan shunday bo‘lishini tushunmayman. Go‘yo hamma narsaga Saloh aybdor, chunki “muammo” Salohdir. Men o‘zimni muammo deb hisoblamayman. 
 
Kecha onam bilan gaplashdim va unga keyingi o‘yinga kelishini aytdim, chunki bu klubdagi mening oxirgi o‘yinim bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lishini ko‘ramiz, o‘yindan zavq olishni o‘ylayapman, chunki keyin nima bo‘lishini bilmayman. O‘yin "Enfild"da bo‘ladi, demak bu Afrika kubogiga jo‘nashimdan oldingi xayrlashuvim bo‘ladi", - 
deya ta’rif berib o‘tdi jamoa yulduzi. 

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, misrlik hujumchi mersisaydliklarning so‘nggi bir necha uchrashuvidan buyon zaxirada qoldirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!